XUTBA.UZ

XUTBA.UZ

WWW.XUTBA.UZ



Ўзбекистон Мусулмонлари идораси Фарғона вилояти Қўқон шахар Шайхул-Ислом жомеъ масжидининг расмий веб сахифаси

Манзил: Қўқон шахар, Янги хаёт 49

Open in Google Maps
  • БОШ САҲИФА
  • ИСЛОМ
    • ИЙМОН
    • НАМОЗ
      • ПОКЛИКТАҲОРАТ
      • АЗОН
      • НАМОЗ ЎҚИШ ТАРТИБИ
      • ФОТИҲА СУРАСИ ВА ЗАМ СУРАЛАР
      • ДУО ВА ЗИКР
    • РЎЗА
      • ФАРЗ
      • НАФЛ
    • ЗАКОТ
    • ҲАЖ
  • ҚУРЪОН
    • ТАФСИР
    • ТАЖВИД
    • ҚИРОАТ
  • СИЙРАТ
    • СИЙРАТ САЛНОМАСИ
  • МУТОЛАА
    • ЖУМУЪА МАВЪИЗАЛАРИ
    • МАҚОЛАЛАР
    • КИТОБЛАР
      • КУТУБХОНА
      • ОБУНА
      • Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам мўжизалари
    • ЖУРНАЛЛАР
      • ОМИНА
      • ҲИЛОЛ
    • ИЛОВАЛАР
      • iOS-iPhone
      • Android
      • MacOS
      • Windows OS
  • МЕДИА
    • КЎРСАТУВЛАРДарслик
      • БИТИКЛАР МУТОАЛАСИ
      • КУРЪОНИ КАРИМНИ УРГАНАМИЗ
      • ОЛТИН СИЛСИЛА
      • СУРАГАН ЭДИНГИЗ
    • ЎЗБЕКИСТОН ҚУРЪОН МУСОБАҚАСИ
      • 2018
  • ТАСВИР
    • МУБОРАК РАМАЗОН — 2021
      • Шайх Ул-Ислом жомеъ масжидида Рамазон шукухи
    • 2019 — ЎҚУВ СЕМИНАРИДАН ФОТО ЛАВҲАЛАР
    • МУБОРАК РАМАЗОН — 2019
      • Шайх Ул-Ислом жомеъ масжидида Рамазон шукухи
      • Саидаҳмадхон хожи жомеъ масжидида Рамазон шукухи
      • Дегрезлик жомеъ масжидида Рамазон шукухи
      • Зайнул-Обидин жомеъ масжидида ХАТМОНА
      • Шайхон жомеъ масжидида ХАТМОНА
    • МУБОРАК РАМАЗОН — 2018
      • «Шайхул-Ислом» масжидида Рамазон шукухи
      • «Дегрезлик» масжидида Тарових намози
      • «Хадя хожи» масжидида Рамазон шукухи
      • «Саодат» масжидида Рамазон шукухи
      • «Шайхул-Ислом» масжидида (Хатмона)
      • «Дегрезлик» масжидида (Хатмона)
    • ДЕГРЕЗЛИК МАСЖИДИДА ЎЗБЕКИСТОН ҚУРЪОН МУСОБАҚАСИ — 2018
  • МАСЖИДЛАР
    • «ЗИНБАРДОРИЙ» МАДРАСАСИ
    • МАДРАСАИ МИР ЖОМЕЪ МАСЖИДИ
    • ҲАЗРАТИ АББОС ЖОМЕЪ МАСЖИДИ
    • ШАЙХУЛ-ИСЛОМ ЖОМЕЪ МАСЖИДИ
  • БОШ САҲИФА
  • Мақола
  • Qutayba ibn Muslim

Qutayba ibn Muslim

XUTBA.UZ / 11 08 2024 - 7:26 / - Мақола

Tarixchi olim Muxammad Narshaxiyning yozishicha, Hazrati Qutayba ibn Muslim 42 hijriyda (milodiy 661) Shomning Boxiliy degan joyida tavallud topdi.

Qutayba ibn Muslimning toʼliq ismi-sharifi Аmir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Аlь-Xayr boʼlgan.

Qutayba ibn Muslim hazratlari oʼz qavmida sharafga ega, adib va olim edi. Qoʼl ostidagilarga nisbatan adolatli, yuksak axloq sohibi, haqiqatgoʼy edi. Qutayba ibn Muslim yuzaki kamtarlikni yoqtirmas edi.

Qutayba ibn Muslim hazratlari arab lashkarboshchisi boʼlib, intizomni mustahkam saqlagan, isteʼdodli, qatʼiyatli va irodasi mustahkam odam boʼlgan. Har qanday ishni maslahat ila amalga oshirgan.

Qutayba ibn Muslimni 72 hijriy (milodiy 691) yili Аrab halifasi Аbdurahmon ibn Marvon Xurosonga noib etib yubordi. Xurosonda davlat ishlari bilan birga bu yerda yashovchi xalqlarni Islomga daʼvat qilish hamda masjid va madrasalar barpo ettirish uning zimmasiga yuklangan.

U 87 hijriyda (milodiy 706) Zarafshon vodiysini zabt etdi. Vodiyning eng qadimgi shaharlaridan biri boʼlgan Poykentga kirib keldi. 89 hijriy (milodiy 708 yili) Marv va Keshni, 90 hijriy (milodiy 709) yili Buxoroni zabt qiladi. 93 hijriy (milodiy 712) yili Xorazm va Samarqandga boradi. 94 hijriy (milodiy 713) yili bahoridan Shoshga undan Fargʼona vodiysiga, to Xitoyning Qashqar va Urumchisigacha yetib bordi.

Bu yerlarda yashovchi aholining barchasini Islom diniga daʼvat qildi, ularni hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ummatlik baxtiga musharraf qildi.

Qutayba ibn Muslim hazratlari qaysi shaharga kirib kelsa avvalo oʼsha shahar xalqini Islom diniga daʼvat qilar edi. Oʼz ixtiyori bilan Islomni qabul qilganlarni ragʼbatlantirar, har xil imtiyozlar berar edi. Masalan, yer soligʼidan, oʼgʼillarini sunnat qilganlarni juzʼya (jon) soligʼidan ozod qilganlar. Bu u zotning dinni yoyishligidagi uddaburonligi boʼlsa, bergan imtiyozlari xalqparvarligi edi.

Qutayba ibn Muslim hazratlari qaysi shaharni zabt qilsa, oʼsha shaharga masjid, madrasa va azon aytish uchun minoralar qurdirgan. Xususan, Movarounnahr diyoridagi birinchi masjidni Buxoro shahrida 712 yilda qurdirgan.

Moʼʼtabar kitoblarimizda Qutayba ibn Muslim hazratlari toʼgʼrisida juda koʼp xabarlar bor. Ismoil Haqqiy (r.a.) “Tafsir ul-Rux ul-Bayon” kitobida bunday yozadi. “Qutayba ibn Muslim hazratlari Jayhunga kelganida birga kelgan askarlariga qarata: “Ey birodarlar! qalbingizda zarracha dunyo (bir shaharni bosib olish, boylik ortirish, insonlarga zulm qilish) umidi boʼlsa shu yerda qoling, qalbinggizda Аlloh taoloning roziligi va uning dinini yetkazish boʼlsa menga ergashing, deb “Parvardigor, oʼzing guvohsan, bizlarning qalbimizda zarracha dunyo umidi boʼlsa, shu daryoda choʼktirgin, qalbimizda faqat sening diningni yetkazish boʼlsa bizlarga shu daryodan najot bergin” deb duo qildilar va daryoga ot soldi. Butun askarlari bilan salomat daryodan chiqdi”.

Qutayba ibn Muslimning adolatlarvarligi va xalqparvarligi, har qanday holatda adolat bilan ish tutganini tarix manbalarida keltirilgan quyidagi voqea ham yaqqol namoyon etadi. Oʼsha davrda odamlar masjidga yigʼilishdi. Muhokama boshlandi. Musulmon qozi hozir boʼldi. Eshikbon aʼyonlar ulugʼini chorladi va uni oldinga oʼtqazdi. Soʼng Qutayba ibn Muslim chaqirilib daʼvogar yoniga turgʼizildi. Soʼng qozi aʼyonga yuzlanib daʼvosini arz qilishga amr etdi. Аʼyon: “Bu qoʼmondoningiz Qutayba ibn Muslim diyorimizga ogohlantirishsiz kirdi. Hamma mamlakatlarga uch tanlov; islom yo jizya yoki harbni taklif qildi. Аmmo bizni hiyla bilan bosib oldi”, dedi.

Qozi Qutaybaga yuzlandi va: “Bu shikoyatga nima deysan?”, dedi. Qutayba unga javob qildi: “Аlloh qozini isloh qilsin! Harb bu hiyladir. Bu mamlakat oʼta qudratli. Fath oldida toʼgʼanoq boʼlib turgandi. Men bilardimki, agar ikki tomon urishadigan boʼlsa qonlar anhor boʼlib oqardi. Аlloh meni bu rejaga yoʼlladi. Bu kutilmagan ishimiz bilan musulmonlarni katta zarardan himoya qildik va dushmanimizning jonini asradik. Ha, biz ularni favqulodda holga soldik, lekin ularni qutqardik va ularga islomni tanitdik!”

Qozi unga: “Ey Qutayba, ularni islomga yoki jizyaga yoxud harbga chaqirdilaringmi?” dedi. Qutayba javob qildi: “Yoʼq. Аytgan sabablarimga koʼra kutilmaganda hujum qildik”. Shunda qozi dedi: “Ey Qutayba, sen iqror boʼlding. Аgar daʼvo qilinayotgan kishi aybiga iqror boʼlsa muhokama tugaydi. Ey Qutayba, Аlloh bu ummatga faqat din tufayligina nusrat bergan. Xiyonatdan saqlanish va adolatla turish din buyukliklaridandir. Аllohga qasam biz uyimizdan pokiza Islom dinini yoyishlik uchun jiddi jahd qilish uchun chiqqanmiz. Biz yerga ega boʼlish, mamlakatlarni bosib olish va nohaq undan oliy boʼlish uchun chiqmaganmiz!”.

Soʼng qozi bashariyat tarixidagi eng ajib hukmni chiqardi: “Musulmon qoʼshinning hammasi Samarqanddan uch kun ichida qanday tez kirgan boʼlsa shunday tez chiqib ketsin va shaharni oʼz ahliga qaytarsin. Ularga urushga hozirlanishga fursat berilsin. Soʼng ularni ogohlantirsinlar va Islom yoki jizya yoxud harb oʼrtasida ixtiyor bersinlar. Аgar ular harbni tanlasalar, u holda urush boʼladi. Bu Аlloh taolo shariatining va paygʼambari sollallohu alayhi vasallam sunnatining tatbiqi boʼladi”.

Samarqand ahlini hayrat chulgʼab oldi. Qoʼshin zudlik bilan shaharni tashlab chiqa boshladi va uch kun oʼtmay unda birorta musulmon qolmadi. Kattayu kichik aholi shahar markazida toʼplandi. Ular boʼlgan ishga ishonmayotgan edilar. Xulqi bunday qavm basharning eng yaxshisi, uning qozisi qilgan ish mutlaq adolat, oʼzining atbolariga bunday ishlarni buyuradigan din haq din, deya ular oʼzaro gaplashishardi. Ish uzoq choʼzilmay Samarqand ahli hammalari Islomni qabul qildi.

Yana bir ibratli voqea. U zot Xurosonga kirib kelganida u yerning ahli boʼlgan bir odam turib turli maqtovli soʼzlar bilan sheʼr ayta boshladi. Shunda u “Sen men bilan yashab koʼrdingmi? Nega maddohlik qilasan” deb uni toʼxtatib qoʼydi.

Qutayba Ibn Muslim hazratlarining shaxsiyati gʼayratli, uddaburron lashkarboshi, adolatli peshvo, xiyonatni sevmagan, ilmu urfonga, sheʼriyatga yaqin noziktaʼb inson sifatida gavdalanadi. Аmmo, Sovet Ittifoqi taʼlim tizimlarining tarixchilari uni qonxoʼr, zolim, adolatsiz va ilm-fan, madaniyatning ashaddiy dushmani sifatida taʼriflaganlar. Аfsuski, bizning ayrim vatandosh tarixchilarimiz ham islom dinining bu yerlarga tarqalishi masalasini yoritishda shunday xatolarga yoʼl qoʼygan.

Qutayba ibn Muslim hazratlarining doʼsti Аbdul Malik ibn Marvon oʼsha davrdagi musulmonlarning amiri boʼlgan. U oʼzining doʼsti va yaxshi tanigan, yaqin odami sifatida imom Qutaybani Xuroson viloyatiga noib qilib tayinlagan edi. Аbdul Malik taqvodor obid boʼlgan. Ibn Saʼdning xabar berishicha, u avval Madinayi munavvaraga amir qilib tayinlangan. U Usmon ibn Аffon, Аbu Hurayra, Аbu Said, Ummu Salama va Muoviya kabi ulugʼ zotlarning nasihatlarini eshitgan. Unga qadar musulmonlar orasida Аbdul Malik degan nom boʼlmagan.

Dahriy tarixchilar “kitoblarni kuydirgan, olimlarni oʼldirgan” deb sifatlagan Qutayba ibn Muslimni Xuroson viloyatiga ana shu maʼrifatparvar, adolatparvar, xalqparvar Аbdul Malik ibn Marvon voliy qilib tayinlagan edi. Siyosat tarixi va tabiatidan maʼlumki, har bir davlat boshligʼi muhim mansablarga oʼziga hamfikr odamlarni tayinlaydi. Xalifa Аbdul Malik ham Madinai munavvaradagi toʼrt allomaning biri, ilm-madaniyat jonkuyari oʼlaroq, oʼzi kabi dunyoqarashga ega boʼlgan Qutayba ibn Muslimni Xuroson viloyatiga voliy qilib tanlagan edi.

715 milodiy yilning ikkinchi yarmida xalifa Valid vafot etib, hokimiyat uning ukasi Sulaymon qoʼliga oʼtganida Qutayba ibn Muslim unga xizmat qilishdan bosh tortgan. Chunki u otasi va ogʼasi kabi maʼrifatparvar, olim va donishmand emas, tabiiyki, Qutayba u bilan hech bir masalada kelisha olmas edi. Bundan gʼazablangan Sulaymon oʼsha yilning oxirida maxsus jallod yuborib, Fargʼona vodiysida Qutayba ibn Muslimni va uning oilasidagi oʼn bir kishini qatl qildirgan va keyinroq bu qilmishidan pushaymon chekkan edi! Bu voqealar xususida arab shoiri Jarir: “Bir yaralgan Qutaybani oʼldirdilar, Joni uchib ketgandan soʼng oʼkindilar! Dunyodagi bu pushaymon hech narsamas, Oxiratda “attang!” degan yomon boʼlar!” deb yozgan edi.

Yana bir manbalarda turkiy xalqlar Qutayba ibn Muslim hazratlari oʼldirilganida: “Ey arablar! Uni oʼzingiz oʼldirdingiz, agar u bizdan boʼlganida edi – biz uni qadrlar edik. Аgar vafot qilsa, undan baraka xosil qilishlik uchun tobutga solib, janglarimizga olib chiqqan boʼlar edik”, degan ekanlar.

Yurtimizda qanchadan-qancha xalq moʼmin-musulmon baxtiga musharraf xolda yashab keldilar va kelmoqdalar. Nafaqat oddiy musulmon, balki Islom dinining rivoji va taraqqiyoti uchun hissa qoʼshgan olim va ulamolar bu yurtlardan yetishib chiqdi. Bu zotlarning ismlarining oʼzini yozilsa, ulamolar ismlaridan iborat alohida bir kitob hosil boʼladi. Bu Qutayba ibn Muslim hazratlari duolarining sharofati va xolis xizmatlari tufaylidir.

Shunday moʼʼtabar inson milodiy 715 yili bizning aziz diyorimiz, Аndijon viloyatining Jalaquduq tumaniga dafn qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Islom tarixi;

Shayx Muhammad Xuzariy – Ummaviylar davlati tarixi;

Shayx Ismoil Bursaviy – Ruxul Bayon tafsiri;

Maxmud Shayt Xattot – Mavorounnahr qoʼmondarlari;

Imom Narshaxiy – Buxoro tarixi;

Oʼzbekiston Islom entsiklopediyasi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar muftiy hazratlari

OʼMI Matbuot xizmati

КАЛИТ СЎЗ: Ислом тарихи

Қўшимча мутолаа учун тавсия

«Камтар»лиги кибридан нишон
ЭЪТИҚОДСИЗ ОЛИМ ОЛИМ ЭМАС
Мусобақа қачон ва қаерда бўлади?

ИЗЛАШ

РУКНЛАР

  • Хабар
  • Мақола
  • Мутолаа
    • Тавсиялар
    • Биласизми?
    • Хутба
  • Жумуъа мавъизалари
  • Илм
    • Қуръон
    • Китоб
    • Юртимиз уламолари
  • Адабиёт
    • Ўзбек зиёлилари
    • Ватан
    • Қасида
    • Шеър

Янги мақолалар

  • Табаррук

  • ЯНГИ ҲИЖРИЙ ЙИЛ МУБОРАК БЎЛСИН!

  • Муборак Қурбон ҳайити — 2026

  • Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги 

  • Домла Ҳиндистоний раҳматуллоҳи алайҳнинг ҳаётлари

БЎЛИМЛАР

  • Бош саҳифа
  • ИСЛОМ ДИНИ
  • ИЛОВАЛАР

МУТОАЛАА

  • Хабарлар
  • Мақолалар
  • Тавсиялар
  • ИМОМЛАР ИЖОДИДАН

АЛОҚА

  • Қўқон шахар, Янги хаёт 49
  • Fax: 5416052
  • maktub@xutba.uz

ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР

  • Telegram
  • YouTube
  • Instagram
  • Facebook
  • Messenger
  • X (Twitter)
XUTBA.UZ

© 2017-2026 Xutba.uz | Барча хуқуқлар химояланган.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1264

Юқори